Rasman. Mxitaryan “Arsenal” futbolchisi!

Aslanov Jasurbek
22 yanv 2018, 23:25
Endilikda “Manchester Yunayted” klubining sobiq yarim himoyachisi Genrix Mxitaryan faoliyatini “Arsenal” jamoasida davom ettiradi.

Hozirgina “kanonirlar” saytida Mxitaryanning “Arsenal”ga o'tganligi haqidagi rasmiy xabar chop etildi. Armanistonlik futbolchi yangi klubi bilan ko'p yillik shartnoma imzoladi.

“Arsenal”ning hujumkor yarim himoyachisi Aleksis Sanches esa aksincha “Manchester Yunayted”ga ko'chib o'tdi. Jamoalar shu tariqa o'z futbolchilarini almashishdi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif