Rasman: "Lans" to'purari Openda "Leyptsig"ga o'tdi

Aziz Tukhtamuradov
15 iyul 2023
"Lans" to'purari Lois Openda "Leyptsig" a'zosiga aylandi.

Germaniyaliklar 23 yoshli belgiyalik futbolchining transferini rasman e'lon qilishdi. U bilan 5 yillik shartnoma imzolandi. 

Avvalroq ushbu transfer summasi 43-46 million evroni tashkil etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. 

Openda o'tgan mavsumda Liga 1 da 38 ta o'yin o'tkazib, 21 ta gol urdi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: twitter.com/RBLeipzig