Rasman: Hakim Ziesh APL klubiga o'tadi

Alisher
13 fev 2020
"Ayaks" yarim himoyachisi Hakim Ziesh "Chelsi" o'yinchisiga aylanadi.

Bu haqda amsterdamliklar rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Marokashlik futbolchi London klubi tarkibiga shu yilning 1 iyulidan kelib qo'shiladi.

Futbolchi joriy mavsum barcha musobaqalarda 31ta o'yinda maydonga tushib, 10ta gol va 16ta assistga erishgan.

Ziesh "Ayaks"ga 2016 yilda "Tvente" klubidan o'tgan edi. U 2015 yildan beri Marokash terma jamoasida o'ynaydi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/AFCAjax