Rasman. Garet Beyl dunyoning eng tez yuguradigan futbolchisi

Narzulla Saydullayev
31 mar 2015, 10:00
Madridning “Real” klubi hujumkor yarim himoyachisi Garet Beyl rasman dunyoning to'p bilan eng tez yuguruvchi futbolchisi deb topildi.
FIFA tomonidan maqullangan hamda Meksikaning “Pachuka” klubi tomonidan o'tkazilgan tadqiqotda uelslik futbolchining maksimal tezligi soatiga 36,9 kilometrni tashkil etgan.

Ikkinchi o'rinni “Pachuka” yarim himoyachisi Yurgen Damm (35,23 km/s), uchinchi o'rinni esa “Manchester Yunayted” yarim himoyachisi Antonio Valensiya (35,1 km/s) egallagan.

KUCHLI O'NTALIK:

1. Beyl (“Real”) - 36,9.

2. Damm (“Pachuka”) - 35,23.

3. Valensiya (“MYU”) - 35,1.

4. Lennon (“Tottenxem”) - 33,8.

5. Ronaldu (“Real”) - 33,6.

6. Uolkott (“Arsenal”) - 32,7.

7. Messi (“Barselona”) - 32,5.

8. Runi (“MYU”) - 31,2.

9. Riberi (“Bavariya”) - 30,7.

10. Ramos (“Real”) - 30,6.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com