Rasman: "Dinamo" Qozog'iston chempionatida to'p tepgan futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Omonjon To`xtamirzayev
8 fev 2024, 16:01
"Dinamo" jamoasi yangi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.

"Jamoamiz safida BAAdagi yig'inda ishtirok etgan va hozirda Turkiyadagi o'quv-mashg'ulot yig'inida ham qatnashayotgan Odil Abdumajidov klub bilan bir yillik shartnomaga imzo chekdi" 

"Dinamo"ning ahil oilasiga xush kelibsiz, Odil!", - deyiladi klub xabarida.

Huquqiy jihatdan "Metallurg" klubiga tegishli 22 yoshli markaziy himoyachi 2022 yilgi mavsumda Qozog'istoning "Ordabasi" klubida 23 o'yinda 2 ta golga mualliflik qilgan bo'lsa, 2023 yilni "Olimpik" safida o'tkazib, Superligada 24 o'yinda bitta golga mualliflik qilgan.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Abdumajidov yangi mavsumni "Dinamo" safida boshlashi haqida ma'lumot bergandik.


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Championat.asia