

"Chelsi" klubi "Renn" futbolchisi Lesli Ugoshukvuni rasman o'z safiga qo'shib oldi. Ingliz klubi 19 yoshli futbolchi bilan etti yillik bitim imzolanganini ma'lum qildi.
Avvalroq, ushbu transfer qiymati 27,5 mln evro bo'lishi ma'lum qilingandi.
Ma'lumot uchun Lesli Ugoshukvu "Renn" tarkibida o'tgan mavsumda 35 ta o'yin o'tkazdi.



