Rasman: "Barselona" mayda sotib yuborgan futbolchisini yana ortga qaytardi

Eldor Akmurzayev
16 iyul 2019, 23:25
Joriy yilning mayida Eybar klubi Barselonadan himoyachi Mark Kukurelyani 2 mln. evroga xarid qilgandi.

Shartnoma bandlariga ko'ra, kataloniyaliklarda futbolchini 4 mln. evro evaziga qayta sotib olish imkoniyati bor edi. Bugun ma'lum bo'lishicha, ko'k-anorranglilar mazkur vakolatdan foydalangan holda Kukurelyani qayta transfer qilib, jamoaga qaytardi. 

Endi esa 20 yoshli ispaniyalik futbolchi jamoada Xordi Albaning o'rinbosari sifati qolishi yoki bo'lmasa kattaroq summaga transfer qilinishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. 

Mark Kukurelya o'tgan mavsum Eybar safida 31 o'yinda maydonga tushib, 1+2 ko'rsatkichni qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: FCB