Rasman: "Atletiko" Regilonni ijaraga oldi

Sherzod Nurmatov
30 avg 2022, 20:47
"Tottenxem" va Ispaniya terma jamoasi himoyachisi Serxio Regilon "Atletiko Madrid"ga bir yilga ijaraga berildi.

Futbolchi 2020 yilning sentyabrida "Real"dan "shporlar" lageriga ko'chib o'tgandi. Regilon "Tottenxem"da o'tkazgan ikki mavsumda 67 ta o'yinda qatnashib, 2 ta gol urgan va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchi ushbu mavsum APLda maydonga tushmadi.

Regilon – "Real Madrid" tarbiyalanuvchisi. Bu jamoada u 22 ta o'yin o'tkazib, 3 ta golli uzatma qayd etgan. Himoyachi 2020 yilning sentyabrida Ispaniya terma jamoasida debyut qilgan. Ayni damda uning hisobida 6 ta o'yin bor.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: atleticodemadrid.com