Rasman: "Aston Villa" MYU himoyachisini ijaraga oldi

Alisher
9 avg 2021
Himoyachi Aksel Tuanzebe "Manchester Yunayted"ni tark etdi va Birmingemning "Aston Villa" klubiga o'tdi.

"Sherlar" 23 yoshli futbolchini kelasi mavsum so'nggiga qadar ijaraga olishdi, bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Qayd etish kerakki, Tuanzebe kyetish oldidan "qizil iblislar" bilan 2023 yilga qadar shartnoma imzoladi.

Himoyachi o'tgan mavsum APL doirasidagi 9ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: avfc.co.uk