Rasman: "Al Hilol" asosiy o'yinchinlaridan biri bir oyga safdan chiqdi va "Paxtakor"ga qarshi javob o'yinini o'tkazib yuboradi

Omonjon To`xtamirzayev
6 mar 2025, 14:15
Bu haqida klub o'zining rasmiy sahifasida e'lon qildi.

Eslatib o'tamiz, Elit OCHL 1/8 final bosqichi birinchi bellashuvida "Paxtakor"ga qarshi bellashuvning birinchi bo'limida futbolchi jarohat sabab o'yinni davom ettira olmadi. 39-daqiqada uning o'rnini Muhammad Kanno egalladi. 

Klub bergan xabarga ko'ra, qo'shimcha tibbiy tekshiruvlardan keyin Ali al Bulayhi 4-6 haftaga safdan chiqqani ma'lum bo'ldi. 

Natijada, Ali al Bulayhi 11 mart kuni Saudiya Arabistonida bo'lib o'tadigan "Paxtakor"ga qarshi javob uchrashuvini ham o'tkazib yuborishi aniq bo'ldi. 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: "Ал Ҳилол" ФК "Инстаграм" саҳифаси