

Birinchi davrani "Olimpik" safida o'tkazgan Abdurauf Bo'riev "Paxtakor"ga o'tdi. Futbolchi ikkinchi davrani "sherlar" safida o'tkazadi. Klub rasman Abdurauf Bo'riev jamoaga qaytganini e'lon qildi.
Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" klubi Abdurauf Bo'rievni 2023 yilning boshida o'z safiga qo'shib olib, shundan so'ng uni "Olimpik" jamoasiga ijaraga bergandi. Ushbu ijara muddati yakunlandi va Bo'riev "Paxtakor" safiga qaytdi.



