

"Uchrashuvning so'nggi 15-20 daqiqasida uch markaziy himoyachi bo'lib o'ynagandagina biroz ishonchliroq harakat qildik.
Noyabr oyida "Uotford"dan (1:4) uchralgan mag'lubiyatda ham himoyada muammolar ko'ringandi. Muammo shundaki, MYU jamoa bo'lib himoyalanishni bilmaydi, biz bu borada etarlicha darajada yaxshi emasmiz.
Gap biror futbolchining alohida hususiyatlarida emas. "Tottenxem", "Vest Xem", "Lids" kabi raqiblar mag'lub etilganida jamoaga kuch yetishmagandi.
Mavsumning yakuniy o'yinida o'zimizni boshqacha tomondan ko'rsatishimiz kerak. Yevropa ligasida qatnashishimiz uchun bir yoki uch ochko juda muhim", - dedi Rangnik.



