“Real” sardori Serxio Ramos “Barselona” hujumchisi Leo Messi haqida gapirdi.
“Messining shu yerda qolishini xohlardim. U Ligani ham, jamoasini ham, “El-Klasiko”larni ham yaxshiroq bo'lishini taminlamoqda. Ammo biz “Real”miz va Messi deb xavotirga tushmaymiz. Ko'ramiz, u bilan hammasi qanday kechar ekan”, - deydi Ramos.