Rakitich Xorvatiya terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Sherzod Nurmatov
21 sen 2020, 20:39
"Sevilya" yarim himoyachisi Ivan Rakitich endi Xorvatiya termasida o'ynamaydi.

32 yoshli xavbek terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

Rakitich Xorvatiya terma jamoasi safida 106 uchrashuv o'tkazib, 15 ta gol urgan. 

U milliy terma jamoa bilan birgalikda 2018 yilgi Jahon chempionatining kumush medaliga sazovor bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/HNS_CFF