Rakitich: "Chelsi" bilan bahsning bazi vaziyatlari menga gandbolni eslatib yubordi"

Aslanov Jasurbek
21 fev 2018, 15:54
"Barselona" yarim himoyachisi Ivan Rakitich "Chelsi"ga qarshi bo'lib o'tgan Chempionlar ligasi 1/8 final ilk uchrashuvi haqida fikr bildirdi.

Mehmonda o'ynagan Kataloniya klubi 1:1 hisobida bahsni yakunladi.

"O'yin juda qiyin o'tdi. Biz bahsning katta qismida ustunlik qildik. "Chelsi" maydonida o'ynash oson emas. Ko'klarga qarshi uchrashuvdagi bazi vaziyatlar menga gandbolni eslatib yubordi, biroq biz sabr qildik va vaziyatimizni kutdik" - deydi Rakitich.

Bu jamoalar o'rtasidagi javob uchrashuvi 14 mart kuni ko'k-anorranglilar maydonida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS