Rakitich: "Barselona" men bilan shartnomani uzaytiradi deb umid qilaman"

Aslanov Jasurbek
29 yanv 2019, 21:15
"Barselona"ning xorvatiyalik yarim himoyachisi Ivan Rakitichning so'zlariga ko'ra, u faoliyatini Kataloniya klubida davom ettirmoqchi.

"Jamoada qolishni istayman. Klub men bilan bitimni uzaytirishiga umid qilyapman. "Barselona"da juda baxtliman, buni hamma biladi, birinchi navbatda prezident.

De Yongning transferi mening kelajagimga ta’sir qiladimi? Men shunchaki futbol o'ynashni istayman. Hamma muammolarni xotirjam hal qilaman. Yoshim 30da va bu faoliyatimdagi eng yaxshi damlar" - deydi Rakitich.

Ivan Rakitich 2014 yilning yozida 18 mln. evro evaziga "Sevilya"dan "Barselona"ga o'tgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com