

"Qur'a? Biz xursand bo'lmadik. Ikki yil oldin ular bilan o'ynaganmiz va "keksa sinora" qanchalik kuchli ekanligini bilamiz. Mario Manjukich ham qur'a bunday tushishini istamaganini aytdi.
"Yuventus" - kamchiliklarsiz klub, ularda aniq g'oyalar va ajoyib jamoa bor. Bizni og'ir kurash kutib turibdi. "Yuventus" 5 yil ketma-ket A Seriya g'olibiga aylandi, 2 yil oldin Chempionlar ligasi finalida o'ynadi.
"Yuventus" jahonning eng yaxshi klublaridan biri hisoblanadi, ular g'alaba qozonishga o'rganib qolishgan. "Sevilya" safida "Yuventus"ga qarshi Yevropa ligasida o'ynaganmiz" - deydi Rakitich.



