Rabo: “Bu mavsum “Yuventus” uchun oson o'yinlar bo'lmaydi”

23 avg 2019, 08:52
“Yuventus”ning yangi a'zosi mavsum oldidan fikrlari bilan bo'lishdi.

“Yangi mavsumni intizorlik bilan kutmoqdaman. Bu qoyilmaqom sarguzasht bo'ladi. Biz mavsumga yaxshi tayyorgalik ko'rdik. Ushbu mavsumda “Yuventus” uchun oson o'yinlar bo'lmaydi. Shu jumladan, “Parma” bilan o'yin ham. Ammo biz o'zimizga ishonamiz. Turin Parijdan farq qiladi. Ammo bu yerda oilam o'zini qulay his etmoqda. Ronaldu? Haqiqiy namuna - professional”,-deydi Rabo.

Ma'lumot uchun, “Yuventus” A Seriyaning ilk turida “Parma”ga qarshi maydonga tushadi. O'yin 24 avgustda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Gazetta.it