Qozog'istonlik futbolchilarning 25,3 foiziga kelishilgan o'yin o'tkazish taklif qilingan

Aslanov Jasurbek
11 dek 2016, 19:47
Professional futbolchilar xalqaro federatsiyasi (FIFPro) qaysi mamlakatlar futbolchilariga ko'proq kelishilgan o'yin tashkil etish taklif qilingani haqidagi ma'lumotni oshkor qildi.

Eng halol futbolchilar Ruminiyadan ekan. Ruminiyalik futbolchilar hech qachon ularga kelishilgan o'yinda ishtirok etishni taklif qilishmaganini aytishdi.

Qozog'iston antireytingda 25,3% ko'rsatkich bilan uchinchi o'rinda. Kongo ikkinchi (31,3%), Gruziya esa birinchi o'rinda (34,2%) ekan.

Hisobot tayyorlaganlarning so'zlariga ko'ra, ushbu ma'lumotlar aniq bo'lmasligi mumkin, chunki bazi futbolchilar haqiqatni aytishmagan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.kz