Qo'qondagi “Markaziy” stadionda maysani yangilash ishlari yakunlandi

Narzulla Saydullayev
19 mar 2019, 11:02
“Qo'qon-1912” jamoasi muxlislari uchun ajoyib xushxabar.

Ma'lumki, bir necha kundan buyon “Markaziy” stadionning maysasini yangilash ishlari olib borilayotgan edi. Bugun maydonga yangi chim to'liq yotqizib bo'lindi. Mutaxassislar ikki oy davomida maydonda o'ynash mumkin emasligi takidlashmoqda. Bu davr mobaynida maydon ideal holatga kelishiga shubha yo'q.

Futbolchilar qachon “Markaziy” o'yingohda to'p surishlari maydonning holatiga qarab aniqlanadi. Bu borada muxlislarga qo'shimcha ma'lumotlar beriladi.

Quyida “Markaziy” stadionning bugungi ko'rinishi aks ettirilgan suratlar bilan tanishing.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz