"Qizilqum" – "Andijon" uchrashuvida VAR ishlamasligi ma'lum qilindi

Sherzod Nurmatov
2 noya 2023, 17:03
O'zbekiston Superligasi 24-turidan o'rin olgan "Qizilqum" – "Andijon" bahsi VAR'siz o'tadi.

"Hozirda futbolni yoritishda ishlatiladigan texnik vositalar boshqa tadbirlarga jalb qilinganligi sababli Superliganing 24-turidan o'rin olgan "Qizilqum" – "Andijon" uchrashuvi jonli efirda namoyish etilmaydi. Shu bois, ushbu bahsni video assistentlarsiz o'tkazishga majburmiz", – deyiladi rasmiy xabarda.

Eslatib o'tamiz, uchrashuv Toshkent vaqti bilan Navoiydagi "Yoshlar" sport majmuasida 18:15 da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ўзбекистон футбол ҳакамлари маркази