Qatar barcha stadionlarni JCH boshlanishidan 2 yil oldin topshiradigan ilk mamlakat bo'ladi

Tolibjon Qosimov
28 fev 2019, 18:01
JCH-2022ning barcha stadionlari keyingi yilning o'zida qurib bo'linadi.

Bu haqda FIFA Bosh kotibi Fatma Samura xabar qildi.

"Qatar barcha stadionlarni jahon birinchiligi boshlanishidan kamida 2 yil oldin topshiradigan tarixdagi ilk mamlakat bo'ladi.

Bitta stadion allaqachon foydalanishga topshirilgan (Doxadagi 40 ming muxlisga mo'ljallangan "Xalifa" stadioni). Yana 2-3 stadion 2019 yilda topshiriladi.

Tashkilotchilarning so'zlariga ko'ra, qolgan to'rtta stadion 2020 yilning oxiriga qadar foydalanish uchun topshiriladi", - dedi Samura.


JCH-2022 21 noyabrdan 18 dekabrga qadar Qatarning barcha shaharlari (Doxa, Lusail, Al-Vakra, Al-Xor, Al-Rayan, Umm-Salal va Shamal)da bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: tass.ru