Punto Pelota: "Real" yozda Mandjukichni sotib olmoqchi"

Tolibjon Qosimov
27 sen 2013, 12:56
"Bavariya" hujumchisi Mario Mandjukich "Real" qiziqishlari doirasiga kirib qoldi.
Madrid klubi 27 yoshli Xorvatiya terma jamoasi a'zosini keyingi yozda qo'lga kiritmoqchi.

Transfer 35-40 million evroga baholanmoqda, deb xabar bermoqda Punto Pelota.

Oldinroq "Real" qishda yangi futbolchi sotib olmasligi haqida xabarlar chiqqandi.

Bu yilgi mavsumda Mandjukich 6ta o'yinda 4ta gol urdi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru