PSJ yozda "El Klasiko" futbolchilarini sotib olmoqchi

Mirjalol Normatov
13 yanv 2019, 14:46
PSJ rahbariyati yozda yirik transferlar amalga oshirmoqchi.

Parijliklarga "Real"dan Isko, "Barselona"dan Filippe Koutino kerak. Jamoa yozda Kilian Mbappeni "Barselona"dagi Koutinoga almashib yuborishi mumkin.

"Transfermarkt" Iskoni 75, Koutinoni 140 million evroga baholagan.

Bu mavsumda Isko Primeroning 10 bahsida qatnashdi va 1 gol urib, 2 golga assistentlik qildi.

Koutino hisobida esa 10 o'yinda 4 gol va 1 assistentlik bor.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports