

Ma'lumotlarga ko'ra, gruziyalik xavbek 1,5 mln. evrolik yillik maoshi 5 mln. evroga yetishini xohlayapti. "Napoli" futbolchining talablarini bajarishga tayyor. PSJ esa futbolchiga yillik maoshi 7,5 mln. evro bo'lgan bitim taklif qilyapti.
Xvicha bu masalani Evro-2024 startigacha xal qilishni xohlayapti.
Xvicha Kvaratsxeliya so'nggi mavsum "Napoli" safida 44ta bahsda maydonga tushib, 11ta gol urdi va 9ta golli pas berdi.



