PSJ Xames uchun 80 mln. evro taklif qiladi

Aslanov Jasurbek
17 may 2016, 11:43
PSJ murabbiylar shtabi "Real" yarim himoyachisi Xames Rodriges xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Ma'lumotlarga ko'ra, Fransiya klubi Kolumbiya terma jamoasi futbolchisi uchun 80 mln. evro taklif qilishga tayyor. Parijliklar Xames uchun 100 mln. evro to'lashi ham mumkin. "Qirollik klubi" Rodriges uchun "Monako" hisobiga 75 mln. evro o'tkazib bergan edi.

Oldinroq "qaymoqranglilar" ustozi Zinedin Zidan Xames bilan xayrlashmoqchi emasligi e'lon qilingan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS