PSJ "Verona" xavbekiga qiziqmoqda

Alisher
20 avg 2022
"Verona" yarim himoyachisi Ivan Ilich faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Janluka Di Marcioning xabariga ko'ra, PSJ 21 yoshli serbning o'tishiga qiziqish bildirmoqda.

Ilichning amaldagi shartnomasi 2026 yilga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt o'yinchini 14 million evroga baholamoqda.

Xavbek o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 34ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 5ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/DiMarzio