PSJ Tuxel borasida bir qarorga keldi

10 mar 2020, 09:05
Parijliklar Tomas bilan xayrlashishi mumkin.

Agarda PSJ YCHL 1/8 finali doirasida “Borussiya D” to'sig'idan o'ta olmasa, klub jamoa bosh murabbiyi Tomas Tuxel bilan xayrlashadi. Rahbariyat bu borada bir to'xtamga kelgan.

Ma'lumot uchun, PSJ Dortmundda kechgan bahsda 1:2 hisobida mag'lub bo'lgandi. Parijdagi javob o'yini esa 11 mart sanasiga belgilangan.

Eslatib o'tamiz, ushbu bellashuv koronavirus sababli muxlislarsiz o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Paris United