PSJ oy oxirigacha Blan bilan shartnomani uzaytiradi
Aziz Tukhtamuradov
23 yanv 2016, 19:40
Fransiya matbuotining xabar qilishicha, PSJ yaqin orada bosh murabbiy Loran Blan bilan shartnomani uzaytiradi.
Tomonlar bu borada muzokaralarni olib bormoqdalar va masala yanvar oyi yakunida xal bo'lishi kerak. Ma'lum bo'lishicha, yangi shartnoma 2018 yilgacha imzolanishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, murabbiy 2013 yildan beri parijliklarni boshqarib keladi.