PSJ Messi uchun kurashmoqchi. Klub xo'jayinlari bitimga ruxsat berishdi

Alisher
29 avg 2020, 12:50
"Barselona" forvardi Lionel Messi yozda klubini o'zgartirmoqchi.

Diario Sport nashrining xabariga ko'ra, PSJ argentinalik futbolchi uchun jiddiy tarzda kurashmoqchi. Fransiya klubi uzoq vaqt bitim haqida o'yladi va klub xo'jayinlari uni maqullashdi.

PSJ rahbariyati Messi bilan shartnoma imzolanishi muhim strategik harakat deb hisoblamoqda. Klub bunday transfyerdan so'ng Neymar va Kilian Mbappe ham PSJ bilan shartnomani uzaytiradi deb taxmin qilmoqda.

Yakuniy qarorni Messining o'zi qabul qilishi kerak. O'yinchi uchun "Man Siti" va "Inter" taklif berishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport.es