

Bu haqda "Paris-United" xabar berdi. Agar o'yinchi yiliga 50 million evro ishlasa, dunyodagi eng ko'p maosh oluvchi futbolchiga aylanadi. Fransiya chempionlarining rahbarlari bunday harajatlar juda ko'p deb hisoblashmoqda. Kamiga bu narsa klub ichida kelishmovchilik keltirib chiqarishi mumkin, ayniqsa Neymar bilan. Chunki, braziliyalik yiliga 37 million evro maosh oladi.




