PSJ "Lion" yetakchisiga da'vogarlik qilmoqda

Sherzod Nurmatov
9 fev 2022, 20:41
"Pari Sen-Jermen" "Lion"ning braziliyalik yarim himoyachisi Lukas Paketaga qiziqmoqda, deya xabar berdi jurnalist Adrien Grene.

Manbaga ko'ra, Parij klubi yozgi transfer oynasida futbolchi bilan shartnoma tuzmoqchi. O'yinchining o'zi ham PSJga o'tishga qarshi emas.

24 yoshli Paketa joriy mavsumda "Lion" uchun 26 o'yinda qatnashib, 8 ta to'p kiritdi hamda 4 ta golli uzatmani qayd etdi. Uning klub bilan kelishuvi 2025 yilning yozigacha mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Get French Football News