PSJ Kavanining narxini e'lon qildi

31 dek 2020, 23:47
PSJ hujumchisi Edinson Kavani faoliyatini Madridning "Atletiko" klubida davom ettirishi mumkin.

"Le Parisien" nashri xabariga ko'ra, Parij klubi urugvaylik forvardning sotuvidan 10 mln evro ishlab olmoqchi. Agar "matraschilar" rahbariyati bu mablag'ni to'lashga rozi bo'lsa, Kavani yanvarda Madridga yo'l oladi.

32 yoshli Kavani Fransiya chempionatining joriy mavsumida 8 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Le Parisien