PSJ Ikardi bo'yicha bir qarorga keldi

8 apr 2020, 09:11
Parijliklarning argentinalik hujumchi borasida qarori ma'lum bo'ldi.

PSJ rahbarlari Mauro Ikardi bo'yicha o'Z qarorlarini o'zgartirdi. Unga ko'ra, Parij klubi argentinalik hujumchi transferini “Inter”dan to'la sotib oladi. Ushbu transfer 70 mln evroga baholanmoqda.

Avvalroq Ikardining Parij klubi qaror qabul qilmayotgani sabab “Inter”ga qaytmoqchiligi aytilgandi.

Mauro joriy mavsum Liga 1 doirasida 20 ta o'yin o'tazib, 12 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Corriere dello Sport