PSJ bugun "Nicca"ga qarshi yangi libosda o'ynaydi

Alisher
13 fev 2021
PSJning yangi liboslar to'plami NBA afsonasi Maykl Jordan bilan hamkorlikda ishlab chiqarilgan.

Maurisio Pochettino jamoasi uni bugun Fransiya chempionati 25-tur doirasidagi "Nicca"ga qarshi o'yinda kiyadi.

PSJ - "Nicca" o'yini "Park de Prens"da Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi.

Parijliklar Fransiya chempionatida 51 ochko bilan 3-o'rinda borishmoqda. "Nicca" esa 29 ochko bilan 13-o'rinda.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/PSG_inside