

"Klub kamida bir futbolchini olib kelish ustida ishlamoqda. Bizda jiddiy moliyaviy feyr-pley cheklovlari mavjud. Tarkibni kuchaytirmoqchimiz, lekin shunday bo'ladimi-yo'qmi, aniq bilmayman. Aytganimdek, hujum chizig'ida o'yinchini yo'qotganimiz sababli, bu yo'qotishning o'rnini yangi hujumkor o'yinchi xarid qilish orqali qoplamoqchi edik. Nima ish berishini ko'ramiz. Ehtimol, biz hech kimni sotib olmasmiz. Transferlar bilan klub prezidenti va Luish Kampush shug'ullanadi, men o'yinlarga tayyorgarlik ko'rish bilan bandman", – dedi Galte.
PSJ Fransiya chempionatida 20 turdan keyin 48 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.



