Pro liga. "Sho'rtan" "Xorazm"ni yirik hisobda mag'lub etdi

Narzulla Saydullayev
6 sen 2020, 19:05
Pro liganing 5-turidan o'rin olgan "Sho'rtan" - "Xorazm" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning 10-daqiqasida Shokir Yuldoshevning burchakdan o'zatgan tupini, himoyachilar qaytarishdi, qaytgan to'pga Islom Shodmonov zarba berib hisobni ochdi - 1:0. 

52-daqiqada Islom Shodmonov chap qanotdan oshirilgan to'pni darvozaga yo'lladi - 2:0. 

67-daqiqada jarima to'pini Sarvarbek Jumaniyazov aniq amalga oshirib hisobni qisqartirdi - 2:1. 

Keyingi daqiqada Jasur Xolto'raev birga-bir vaziyatdan unumli foydalandi - 3:1.

90+3-daqiqada Jasur Xolto'raev dublga erishdi - 4:1.



Pro liga. 5-tur
6 sentyabr, yakshanba
SHO'RTAN – XORAZM 4:1
Hakamla
r: Doston Rahmonov, Xusan Xudoyberdiev, Xusniddin O'ralov
Nazoratchi: Rustam Bobomurodov
Komissar: Jahongir Rahmatullaev
Gol: Islom Shodmonov 10, - 1:0. Islom Shodmonov 52, - 2:0. Sarvarbek Jumaniyazov 67, - 2:1. Jasur Xolto'raev 68, - 3:1. Jasur Xolto'raev 90+3, - 4:1.
"Sho'rtan": 25.Mirzohid Mamatxanov, 2.Nurali Padarov, 5.Elbek Otaqulov, 6.Xolmurod Xolmurodov, 7.Olimjon Karimov, 10.Maruf Murodov, 14.Shokir Yuldashev, 18.Samandan Shodmonov, 27.Islom Shodmonov, 28.Sanjar To'raqulov, 85.Asadbek Samariddnov.
Zaxira: 1.Asadulaxon Polvonov, 8.Shamsiddin Sagdullaev, 11.Jasur Xolto'raev, 17.Elyor Omonjonov, 19.Sherbek Eshmurodov, 24.Bekzod Suvonov, 29.Jahongir Qurbonboev, 34.Shahboz Jo'raev, 97.Fahriddin Alimov.

"Xorazm": 35.G'ayratjon O'daev, 3.Ravshanbek Sultanov, 4.Jasur Atadjanov, 7.Temurbek Ismailov, 8.Damir Nizanov, 17.Saidjamol Davlatjonov, 19.Habibulla Matyoqubov, 23.Norxon Sheripov, 27.Asiljon Begimqulov, 41.Rasul Musaev, 70.Hurmatbek Yuldashev.
Zaxira: 1.Eldorbek Shoxratbekov, 6.Farrux Haydarov, 10.Timur Bekchanov, 11.Sardorbek Matmuratov, 15.Dadaxon Yusupov, 18.Nematjon Madaminov, 34.Mahmud Qalandarov, 99.Sarvarbek Jumaniyazov.

Ogohlantirishlar: Sanjar To'raqulov 28.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia