PRO-liga. 8 turda 9ta gol urgan futbolchi bor

Narzulla Saydullayev
12 may 2018, 10:45
O'zbekiston PRO-ligasida 8-tur bahslari o'z yakuniga etdi.

Xuddi yoshlar ligasi kabi PRO-liga bahslarida ham to'purarlar ro'yxatini berib borishga qaror qildik.

Ayni paytda "Xorazm" hujumchisi Qadamboy Nurmetov va "Andijon" vakili Davron Isoqov 6tadan gol bilan to'purarlar ro'yxatida peshqadam bo'lib turishibdi. "Orol" vakili Navro'z Xaipov hisobida 5ta gol bor.


PRO-liga A guruhi (8-turdan keyingi to'purarlar ro'yxati)

6ta

Qadamboy Nurmetov ("Xorazm")
Davron Isoqov ("Andijon")


5ta
Navro'z Xaipov ("Orol")


4ta
Abduxoliq Qurbonov ("Istiqlol")
Sunnatila Mamadaliev ("Andijon")

3ta
Bahodir Murtazoev ("Norin")
Otabek Narzullaev ("Sho'rtan")
Sanjar Baratov ("Norin")



B guruhida esa "Zomin" vakili Doston Toshmatov 9ta gol bilan yakka peshqadam. U 8-turda "Xotira-79"ga qarshi bahsda 5ta gol urishning uddasidan chiqdi. "Nurafshon" hujumchisi Orifxo'ja Abduxoliqov 5ta gol bilan to'purarlar poygasida keyingi o'rinda bormoqda.


PRO-liga B guruhi (8-turdan keyingi to'purarlar ro'yxati)

9ta
Doston Toshmatov ("Zomin")


5ta
Orifxo'ja Abduxoliqov ("Nurafshon")


4ta

Sanjar Ahmedov ("Sherdor")
Bobur Mamajonov ("Xotira-79")
Farruh Shotursunov ("Nurafshon")


3ta

Mansur Otaqulov ("G'ijduvon")
Bahrom Narzullaev ("G'ijduvon")
Saidjon Ashurov ("Labsa")
Akmal Xolmatov ("Iftixor")

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia