Predrag Rogan: "2 ochko yo'qotdik"

Sherzod Nurmatov
30 apr 2022, 21:44
Superliga 6-turi doirasidagi "Dinamo" – "Neftchi" (1:1) bahsidan keyni mezbonlar bosh murabbiyi Predrag Rogan fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida

- Yigitlar bilan faxrlanaman. Ular munosib o'yin ko'rsatishdi. Dastlabki 15 daqiqada o'zimiz xohlaganday o'ynay olmadik va xatolar qildik. 

Shokir Yo'ldoshev qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. Har 4 kunda bitta o'yin o'tkazmoqdamiz. 

O'tgan o'yin – tarix, keyingisi – kelajak. 

- Demak, siz natijadan qoniqmadingiz. 2 ochko yo'qotdik deb o'ylaysizmi?

- Ha, biz 2 ochko yo'qotdik. Biz 3 ochko olishni istagandik. 

Bizda bir nechta o'yinchilar jarohat olishgan. Jumladan – Chumak, Rahmatov, Sharipov. Zaxiramizda o'rinbosarlar tarkibidan futbolchilarni jalb qilganmiz.

- Bosniyalik hujumchi Aleksandar Glishich bilan shartnoma bekor qilingani nima bilan bog'liq?

- Glishich hozir jamoamiz a'zosi emas. Buni muhokama qilishdan foyda yo'q.

- Kubokdagi "Neftchi" va Superligadagi "Neftchi" o'rtasida qandaydir farq sezdingizmi?

- Raqib biz kabi o'ynadi. "Neftchi" tajribali futbolchilardan iborat jamoa. Biz bugun 2 ochko yo'qotdik deb o'ylayman. Ammo yana bir bor aytib o'taman, yigitlarimiz astoydil kurashishdi, bu uchun ularga rahmat. 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia