

Terma futbolchilarining qo'pol xatolari sababli 3 gol o'tkazib yuborildi. Bu JCH-2022da qatnashayotgan istalgan termadan ko'p degani.
Avvailga Danilu Pereyra Ganaga qarshi o'yinda xato qilgan bo'lsa, Janubiy Koreya bilan o'yinda o'tkazib yuborilgan golda Krishtianu Ronaldu xatolikka yo'l qo'ydi.
Chorak finalda Marokash urgan golda esa darvozabon Diogu Koshta to'pga chiqishda xato qildi va gol o'tkazib yubordi.



