Portugaliya futbol federatsiyasi prezidenti: “JCH-2014ga qaysi yo'l bilan chiqishimizning ahamiyati yo'q”

Tolibjon Qosimov
16 okt 2013, 16:32
Portugaliya futbol federatsiyasi prezidenti Fernandu Gomesh, Portugaliya termasiga Jahon chempionati-2014 borish uchun o'tish uchrashuvlari o'tkazishga to'g'ri kelishini ta'kidlab o'tdi.

“Biz har doim maqsadimiz jahon birinchiligi bahslarida qatnashish ekanligini aytib o'tganmiz va bunga qanday yo'l bilan erishishimizning ahamiyati yo'q.

Albatta bu musobaqaga to'g'ridan-to'g'ri chiqsak yaxshi bo'lar edi, biroq bunday bo'lmadi.


Braziliyaga borishimizga ishonchim komil. Bu uchun qo'limizdan kelgan ishni qilamiz”, - deydi Gomesh.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru