
Bu jamoa chempionatning 45-turida "Benfika"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi va chempion bo'ldi.

Joriy mavsum yakunlanishiga bir tur qolganda "Portu B" 86 ochko to'pladi va eng yaqin taqibchisi "Shavisha"ni 6 ochko ortda qoldirmoqda.
Bu so'nggi 32 yilda ilk marotaba o'rinbosarlar jamoasi Segundada g'olib chiqishi. Bungacha "Real"ning ikkinchi jamoasi "Kastilya" shunday natija qayd etgan edi.
Eslatib o'tamiz, birinchi o'rin "Portu B"ga kelasi mavsumda Portugaliyaning oliy ligasida o'ynash huquqini bermaydi, chunki u yerda klubning birinchi jamoasi ishtirok etadi.