Pokonoli "Vest Bromvich" bilan shartnoma tuzdi

Narzulla Saydullayev
12 iyul 2014
"Vest Bromvich" Belgiya terma jamoasi a'zosi Sebasten Pokonoli bilan shartnoma tuzdi.
Bu haqda Angliya klubi rasmiy sayti xabar berdi.
 
25 yoshli futbolchi bilan 3+1 tizimida shartnoma tuzildi.

2013 yil yanvaridan buyon Pokonoli Germaniyaning "Gannover" safida o'ynab kelayotgandi. Bu vaqt ichida jami 33ta o'yin o'tkazdi. Bunga qadar o'z mamlakatida "Genk" va "Standard", va Gollandiyaning AZ klubida faoliyat olib borgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: euro-football.ru