

25 yoshli xavbek mankunianlar ustozi Joze Mourinyo bilan buzilgan munosabatlar tufayli Turin klubiga qaytmoqchi. "Yuventus" va "Manchester Yunayted" Chempionlar ligasi qur'asida bir guruhdan joy oldi.
Eslatib o'tamiz, Pogba 2016 yil 105 mln evro evaziga "Yuventus"dan "Manchester Yunayted"ga o'tgan edi.
Fransiyalik joriy mavsum Angliya Premer-ligasining 3ta uchrashuvida maydonga tushib, 2ta gol urdi. Pogba Fransiya terma jamoasi safida yozda o'tkazilgan jahon chempionati g'olibiga aylandi.
3ta turdan so'ng "Manchester Yunayted" APL turnir jadvalida 3 ochko bilan 13-o'rinni egallab turibdi.



