Pogba: "Men Neymar, Messi yoki Krishtianu bilan birga o'ynamoqchiman, ammo..."

Aslanov Jasurbek
2 apr 2018, 15:15
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogbaning takidlashicha, u hozircha kelajagi borasida bir qarorga kelgani yo'q.

"Neymar, Messi yoki Krishtianu bilan birga o'ynamoqchiman, ammo bu bilan klubni o'zgartirmoqchiman deyish fikridan yiroqman.

MYUdan ketishim borasida gapirishga juda erta. Vaziyat o'zgarib qolishi ham mumkin.

Menda Mourinyo bilan muammo yo'q, tarkibni men tanlamayman. Nega kam maydonga tushayotganimni undan so'rang. Murabbiyning qarorini hurmat qilaman" - deydi Pogba.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Telefoot