Pogba jamoadoshlariga "Real"ga o'tmoqchi ekanligini aytdi

Aslanov Jasurbek
24 apr 2019, 10:27
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Pol Pogba jamoadoshlariga "Real"ga o'tmoqchi ekanligini aytdi.

26 yoshli futbolchining mankunianlar bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yozida yakuniga etadi, biroq Pol bitimni uzaytirmoqchi emas.

Ma'lumotlarga ko'ra, fransiyalik futbolchi MYU Chempionlar ligasida ishtirok eta olmasligidan havotirda. Agar mankunianlar mavsum yakuniga ko'ra APLda kuchli to'rtlikka kira olmasa, Pogba jamoani tark etishi aniq bo'ladi.

Pol joriy mavsum "Manchester Yunayted" safida 43ta uchrashuvda maydonga tushib, 16ta gol urdi va 11ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L’Equipe