"Yuventus" futbolchisi Pol Pogba "Barselona"ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Hisobni tenglashtirganimizda o'zimizga ishongandik. Yuta olamiz deb o'ylagandik, lekin, ular ikkinchi golni kiritishgandan so'ng vaziyat qiyinlashdi. Ahvolni o'nglashga harakat qildik, lekin ular uchinchi golni ham kiritishdi", - deydi Pogba.