Pochettino: "Tottenxem"ning yangi mavsumdagi vazifasi - har bir o'yinda g'alaba qozonish"

Aslanov Jasurbek
10 avg 2018, 16:14
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino jamoaning yangi mavsumdagi vazifalari haqida gapirib berdi.

"To'rt yildan beri "Tottenxem"daman. Yangi mavsumdagi asosiy maqsadimiz - har bir uchrashuvda g'alaba qozonish. Futbolda asosiysi - orzu, o'z kuchi va imkoniyatlariga ishonish.

Tarkibimizdan ko'nglim to'q. Ko'p narsaga qodirligimizga ishonamiz. Og'ir sinovlarga tayyormiz" - deydi Pochettino.

Eslatib o'tamiz, "Tottenxem" yozgi transfer oynasida futbolchi sotib olmagan yagona klubga aylandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com