Pochettino: "Manchester Sitini to'xtata olishimizga ishonishimiz zarur”

Eldor Akmurzayev
16 apr 2019, 22:05
YCHLning chorak final Manchester Siti va Tottenhem o'rtasidagi javob bahsi oldidan shporlar bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bo'lajak bahs haqida o'z fikrlari bilan bo'lishdi.

“Birinchi o'yindagi g'alaba a'lo natija bo'ldi. Biroq, hali hech narsa hal bo'lmaganini yaxshi bilamiz. O'z kuchimizni namoyish etishimizga ishonamiz. Kurashga tayyormiz. Raqibimiz qanchalik kuchli ekanligidan xabarimiz bor. Ular uchrashuv boshidanoq yuqori temp bilan harakat qilishi mumkin. Vazifamiz ularni to'xtatishga harakat qilib, hujumkor o'yinimizni namoyish qilish. O'zimizning ijobiy tomonlarimizni ko'rsatgan holda ularni to'xtata olishimizga ishonishimiz kerak bo'ladi. Gvardiola balki jahonning eng yaxshi yoki eng yaxshi murabbiylaridan biridir. O'ylashimcha, u 24, 25 yoki 26ta sovrin yutgan. Pep Barselonada o'ynaganida u bilan bir necha marta to'qnash kelishimga to'g'ri kelgan." - deya qayd etgan Pochettino.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA.com