
Bugun "A" guruhi ikkinchi tur o'yinlari doirasida Senegal terma jamoasi musobaqa mezboni - Portugaliya bilan bahs olib boradi.
E'tiborlisi ushbu uchrashuvni o'zbekistonlik hakam Baxtiyor Namozov boshqarib boradi. Ushbu chempionat Baxtiyor Namozov uchun ikkinchi mundialdir. U bunga qadar 2013 yili Taitida bo'lib o'tgan Jahon chempionatiga chaqiruv olib, jami 7ta o'yinda ishlagan.
Namozov barcha qitaning eng kuchli terma jamoalari ishtirokida har yili ananaviy tarzda o'tkaziladigan Qitalararo Kubok o'yinlarida, shuningdek, Osiyo Chempionatlarida ham hakam sifatida ishtirok etgan.